U har doim hamma narsadan norozi yuradi. Uning uchun barcha foyda keladigan tomonni izlaydigan, o'zini o'ylaydigan egoist. Kim o'zini o'ylamasdan boshqalar uchun qayg'uradi hozirgi "bozor iqtisodiyoti" davrida. Prechom tut "bozor" deng! Bozor bu sizga aytsam 5lik stipendiya. Kulmang, rostan. Agar siz sessiyani beshga yopgan bo'lsangiz, beshchilarni kimdir yomonlasa albatta u haqida "facebook"da kritik post yozasiz. "A'lochiman, hamma fanlardan o'z bilimim, harakatimga yarashasini oldim. Qo'lingizdan kelsa qaddingizni uring"- taxminan shunday mazmunda. Agar aksi bo'lsa-chi, beshga yopganlar g'irt axmoq-u, siz donodek ularga tosh uloqtirasiz. Dekanat-u, o'qituvchilar jamoasi "haqiqiy bilimli"lar qolib, allaqayoqdagi laganbardorlarga besh qo'ydi deya olamga jar solasiz. Chunki beshlik stipendiya olishning eng yaxshi tomoni 440ming pul. Mana shu "bozor iqtisodiyoti". Boshqa kursdoshlaringizga qaraganda 100ming, 200ming ko'p pul olish kimga yoqmaydi deysiz. Beshga yopishni yana boshqa afzallik tomonlarini ham bilasiz. Universitetning faol, a'lochi talabasi sifatida o'qituvchilar uchun ishonchli shogirdga aylanasiz. Siz bilan alohida ishlash uchun ustozlaringiz vaqtini ayamaydi (boshqalarga ham xuddi shunday, lekin beshchilar nomdor davlat stipendiyasiga harakatni boshlashi uchun yordamini hech qaysi o'qituvchi ayamaydi), aytganimdek 2-3-kurs oxirida nomdor stipendiyalarga topshirib, tekinga magistraturada o'qish imkoniyatini qo'lga kiritishingiz mumkin. Xullas, hammasini tagida "bozor iqtisodiyoti" tushunchasi yotibdi. Pulni tejash, ko'proq pulga ega bo'lish, grand asosida magistraturaga kirish. Bu bir tomonlama qaralganda bo'lsa, ikkinchi tomondan a'lochi degan nom, o'qituvchilar e'tirofi va "mashxurlik". Bunday imkoniyatlar sizda bo'lganidan keyin faqat oldinga qarab intilasiz, ustozlar etagidan tutib, borini sug'irib olishga harakat qilasiz, bu ham "bozor iqtisodiyoti", chunki siz olti milliondan oshiq kontrak to'lab o'qiyapsiz, ketkazayotgan pulingizga yarasha bilimni olishni talab qilasiz. Qisqasi topaman desa "bozor iqtisodiyoti"ning tomonlari ko'p, har holda bu terminni eshitganingizda Oloy bozori, Farhod bozorini tushunib, "bozor prechom" demasangiz, iqtisoddan olgan bilimlaringiz beshga arzishiga ishonaman.
вторник, 22 марта 2016 г.
пятница, 11 марта 2016 г.
Nega qo'rqasiz?
Ko'chada ketayapsiz, qo'lida mikrafon ushlagan muxbir qarshingizdan chiqdi-yu, sizni savolga tutdi. Siz nima qilasiz? Javob berishni istamay kameraga yuz burib ketasiz. "Uyimda televizorim bor, uydagilarim ustimdan kulishini istamayman"-deb hijolat bo'lib muxbirdan uzr so'raysiz. Intervyu bermayman deya qo'lingizni "x" qilib o'tib ketasiz.
Ijtimoiy so'rovnomada qatnashishni nimasi yomon?
Berilgan savolga o'z munosabatingizni bildirishdan nega uyalasiz? Yoki sizda hech qanday fikr yo'qmi?
Bugun shu savollarni vox-pop tasvirga olayotganimizda, intervyu berishdan qochgan har bir kishiga bergim keldi. Jurnalist xalq ichida bo'lishi kerak, ularni fikrlarini, qarashlarini o'rganishi, ular bilan hamsuxbat bo'lgandagina tayyorlagan matreali xalqchil bo'ladi- deb uqtirgan ustozlarimiz, insonlar mikrafondan yoki ularga qaratilgan kameradan qo'rqishlari haqida aytishmagandi. Kasbning mashaqatlarini totib ko'rish jarayonini shu haqiqatga amin bo'ldimki, ekran qarshisida o'tirib kimningdir ishini tahlil yoki tanqid qilish juda oson, lekin uni tayyorlash juda qiyin. Odamlar bilan mulaqot qilishda har bir muxbirda muloyimlik, ochiq chehra va shu bilan birga biroz ayyorlik ham zarur ekan. Suxbatdoshni intervyu berishga "majburlash" yo'llarini ham o'rganib chiqishi juda lozim deb o'ylab qoldim. Buni qanday uddalash mumkin?
Avvaliga men tanlagan savol: "Milliy o'yinlarimizdan qaysilarini bilasiz, bugungi kun bolalari ularni o'ynashyaptimi?"- deb bergan so'rovim qiyinmikan deya o'yladim. Nega qiyin savol bo'lsin, o'zini shu millatni farzandiman deb yurgan har bir inson bu savolga albatta javob bera oladi, axir bolaligimiz beshtosh-u, bekinmachoq, arqon tortish-u varrak uchirish bilan o'tgan bo'lsa, har kim bolaligini eslab bu savolga javob bersa kerak degan fikrda edim. So'rovnomada faol qatnashganlar ham bo'ldi, savolga tutilganlarning 30%igina o'z fikrlarini biz bilan bo'lishdi. Xo'sh bundan nima xulosaga kelish mumkin? Aholida ijtimoiy faollik sust degan xulosami? Ha, haqiqatdan ham faollik sust. O'z munosabatimizni bildirishdan cho'chimaylik! Har holda fikr bildirmasdan ekranga qo'l siltab ketgandan, pozitivmi, negativmi o'z so'zini aytishga nima yetsin.

Подписаться на:
Сообщения (Atom)