-Can you speak me your study? Are all of subjects in English in International Journalism?
-…(((((
Shunday holatlarda o’zimdan uyalib ketaman, xalqaro jurnalistikada o'qib til bilmaysizmi deb savol berishlaridan cho'chib turaman. Har safar shu gapni eshitganimda bugundan ingliz tilini o’rganaman deb kirishman-u, lekin qandaydir ko’rinmas to’siqni yengib o’ta olmayman. Yaqinda ingliz tili o’qituvchimiz: “Boshqa fanlardan yaxshi o’qishingizni bildim, nimaga ingliz tilini o’rganishga harakat qilmaysiz ?”- deb so’rab qoldilar. Shu gaplaridan keyin “Rostdan ham nega???”-degan savollarga javob topishga harakat qildim. Bunga sabab “birinchi muhabbat”bo’lsa kerak deb o’ylayman. Beshinchi sinfdan to to’qqizinchi sinfgacha nemis tilini o’rganganmiz. Chet tili deb taniganim - nemis tilini o’rganishga harakat qilganman. 9-sinfligimda nemis tilida xatlar, insholarni bemalol yoza olardim. Biroq ilk muhabbatim maktabda qoldi-yu, kollejda ingiliz tili darsi o’tila boshladi. Kollejdagi ingliz tili o’qituvchimiz ajoyib edilar. Ingliz tiliga qiziqtirmaganlar deb ularni bemalol ayblasam bo'ladi. Sababi kichik guruhda ikki nafar qiz bo’lganimiz uchun bizdan umuman vazifani so’ramas edilar, xullas kollejda xatto ingliz alifbosini ham o’rganmasdan “5”ga o’qidim.
Universitetga kirish imtihonida ham ingliz tilidan 12ta to’g’ri javob belgilaganman, (hammasini (B)javob qilib). Jahon tillari universitetida o'qib til bilmaslik uyat ekanligini yuzimga aytishmasa ham, gap so'zidan sezdirganlar ko'p uchradi.
Shu paytgacha uch marotaba repitetorga bordim, natija esa harakatga yarasha. Ishtiyoq bilan boshlayman ammo davom etish yo'q. Menimcha ingliz tilga qiziqishimni so’ndirgan bir narsa bu– fe’l so’z turkumi. Shunaqa ham murakkab bo’ladimi? 26 ta zamon, shundan 16 tasi faol zamonlar. Har doim shu fe’lgacha kelaman-u… shu to’siqdan o’ta olmayman. Hafsala va meni yenga oladigan repitetor bilan shu to’siqdan o’tib olsam nazarimda uyog’ini eplab ketaman. Darsga tayyorlanmay borganimda har xil bahonalar topib ustoz oldilarida o’zimni oqlaganimdan hijolat tortaman. Aslida, xohishim yo’qligini ustoz sezib turganlarini bilib ham bahona qilayotganimdan uyalaman. Ustozim menga bildirgan ishonchini oqlashim kerak- degan kuch bilan ingliz tilini o’rganishim ZARUR! Buning uchun esa, ingiliz tilini sevishim kerak. Qanday bo’lmasin!
Siz ingliz tilini qanday o’rgangansiz? Qanday motivatsiya sizga yordam bergan?

Ingliz tilini o'rganish o'zi fe'ldan boshlanmaydimi?))
ОтветитьУдалитьMan eng oxirida fe'lni o'tiylik derdim))))
ОтветитьУдалить