Kim do‘stim-u kim dushman,
Bilolmay faromushman,
Qanoti singan qushman,
YOLG‘IZMAN!
Qiz bola bilan
o‘g‘il bola do‘st bo‘la oladimi? Javoblar har xil. Oldinlari yigit va qiz do‘st
bo‘la oladi deb o‘ylardi. Yigitlardan do‘stlarim ham ko‘p deb, lekin yigitlarning
qizlarga do‘stligi, yolg‘iz daraxtga ko‘lankasining do‘stligichalik ekan. Do‘stlarimga
ishonmay qo‘ydim. Do‘st bu- har doim seni himoya qiladigan, yaxshi kuningda
ham, yomon kuningda ham senga dalda bo‘la oladigan. Qo‘lingni uzatganingda
qaytarmaydigan, har qanday holatda ham seni tushunadigan inson emasmi? Do‘stlarim
uchun shunday do‘st bo‘lishga harakat qilganman.
Ikki kundirki,
kayfiyatim ob-havosini qora bulutlar egallab olgandek. Do‘st deb
o’ylaganlarimning ustimdan kulishi, yaxshi muomala qilib hurmat qilganlarim
harakterimni yengilligiga nisbat qilib nasihat qilishganidan xafa bo‘lib
ketdim. Hech kim ko‘rmaydigan joy topib, yig‘lab olgim kelyapdi. Ikki inson
o‘rtasidagi do‘stlik samimiy hazillar, iliq munosabatda deb o‘ylagan ekanman. Yigitlar
qizlarning do‘stona munosabatini yengillikka yo‘yishar, kulib qaragan ko’zi qizdan
nuqson izlashga oshiqar ekan. Atrofdagilarni hurmatiga erishish uchun qiz bola
biroz qo‘pol, odam yovvoyi, manmanroq bo‘lishi lozim. Qizlar hamma bilan ochiq
yuz, tabassum bilan gaplashishi, odam ajratmay hamma bilan bir xil muomalada bo‘lishi
uni obro‘sini tushurishini bildim. Rahmatli buvimlarni “Tiling bilan diling bir
bo‘lsa, do‘sting ko‘p bo‘ladi.”-degan gaplari har doim ham yaxshi do‘st
topishga yordam bermasligini isbotladi. Dilimizdagi tilga chiqsa, qadri qolmas
ekan! Tilimiz tiyilib, o‘ylaganlarimiz ichimizda qolsin!
Yo'g'e ustizdan kulganlar hammasiyammasdur.
ОтветитьУдалитьKop bolishiga ishonmimanu lekin 1-2 ta yaxshi chunadiganla boladi
Demak siz chin do'stga uchramagan ekansiz. Chin do'st siz aytgan ishni hech qachon qilmaydi
ОтветитьУдалить