Mobil
messengerlarda guruh bo‘lib gaplashish imkoniyati paydo bo‘ldi-yu, ma’lum bir
maqsadda bir necha kishilar suhbatdosh bo‘la boshladi. Zakovat klubiga
qatnayotganimga 6 yil bo’layotgan bo‘lsa-da,
klub a’zolari bilan yaqinlik 2
yil oldin WhatsAppda ochilgan
guruhdan keyin paydo bo‘ldi.
Dastlab, faqat zakovatchilardan tarkib topgan bu guruhga keyinchalik Zakovat
ixlosmandlari ham qo‘shila
boshladi. Qarabsizki,
respublikaning turli burchaklaridan tanishlar
ortirdik. Qoraqalpog‘iston deysizmi, vodiy-u voha deysizmi, xullas
hammasidan bor. Guruhda virtual
muloqotlar o‘z yo‘liga, uchrashib bir birimizni yaqindan taniylik deya
uchrashuvlar tashkil qildik, guruh a’zolari o‘rtasida mehr-oqibat, do‘stlik munosabatlari
shunchalikka borib yetdiki, ular hayotidagi unitilmas kunlarini ham birgalikda
baham ko‘rishga taklif qilishmoqda. Shu kungacha guruhdagilar bilan
5 marta uchrashuv tashkil qilindi va 3 ta to‘yga bordik.
2014-yil 20-iyun. Toshkent. Da-Vinchi restorani.
Guruh
a’zolarining dastlabki uchrashuvi. Qoraqalpog‘istondan Zamira
opa, Samarqanddan Fotima opa, Namangandan Jahongir aka, Xitoydan esa Sherzod
G‘aybullayev kelishgan edi. Tushlikdan so‘ng Fozilbek
Yusupov svoya igra o‘tkazdi, mantiqiy savollar berildi. Saidakrom aka Rasulov esa mafiya o‘yini o‘tkazib, bizga
“mafiya” sindromini yuqtirgan edilar. Sherzod
G‘aybullayev bizga Xitoydan olib kelgan choy va xasilarni tarqatdi. Restorandan chiqib fontanga bordik. Xullas, ilk uchrashuv juda ajoyib o‘tgan edi.
Tez-tez shunday uchrashuvlar
tashkillashtirib turishga kelishib xayrlashgandik.
2014-yil 28-dekabr. Toshkent. Fregat restorani.
Birinchi
uchrashuvdan keyin ichi qiziganlar ko‘p bo‘lgan shekilli, safimiz ancha
kengaygan edi. Bayram uchrashuvi ajoyib bo‘lgan, o‘yin kulgu, musiqa, raqs,
vals…))) Bu uchrashuvda Akmal aka
Hasanov, Hayot aka Soliyev, Leyla
Yunusova, Asadbek aka, Sherzod
Sanayev, Komil Sanayev, Mohidil Odilovnalar bilan tanishgan edik.
2015-yil 8-9-may. Samarqand, Qo‘shrabot.
Bu uchrashuv
haqida oldin http://charosomonova.blogspot.com/2015/11/samarqand-tour.html postini yozganman. Guruh a’zolarini bir-biriga yaqinlashtirgan,
esda qolgan voqealarga boy bo‘lgan
sayohat. Samarqandliklarni mehmondo‘st, odamshinavanda ekanligini Sohib akani
qarindoshlari isbotlab berishgan edi. Borishimiz bilan har birimizni to‘n kiydirib
kutib olishgan xonadon egalari, uylarini to‘ridan joy berishgan, qo‘y so‘yib mehmon qilishgan.
Samarqandga
uyushtirilgan
bu
sayohatimizda qoraqalpog‘istonliklar Islam aka Eshmuratov, Elmira (familyasi esimda yo‘q), samarqandlik Navro‘zbek
Burhonov, bo‘kalik
Abrorbek
Farmonov,
farg‘onalik
Rasul
Jo‘rayevlar bilan tanishgan edik.
2015-yil 22-avgust. Toshkent. Crystal kafesi.
Navbatdagi
yozgi uchrashuv. Aslida tog‘ga
chiqmoqchi bo‘lgan edik, negadir planlar
o‘xshamagan. Uchrashuv Lokomotiv parkiga sayrdan boshlangan. Uchrashuvda
amaki va Farida Sobirovna bilan tanishganmiz, bu yozgi uchrashuvga ham
Xitoydan aziz mehmonimiz Sherzod G‘aybullayev sal qimmatroq sovg‘a- xasisi
bilan kelganlar. Kafedagi o‘tirishdan vaqtli ketib qolganman, qolganlar bouling
o‘ynagani borishgan. Mazza qilib dam
olishgan.
2015-yil
9-sentabr. Bo‘ka. Abrorbek Farmonov
to‘yi.
Guruhimizdagi
bo‘ydoqlar paketini birinchi bo‘lib
Abrorbek buzgandilar)))). Oxirgi
uchrashganimizga bir oy ham bo‘lmasdan
to‘yga bordik. To‘yga kech qolib borganman, bir birimizni ko‘rganda otgani o‘q topolmasakda, qadrdon bo‘lgan
do‘stim Fozilbek meni Bo‘ka shahrida 2 soat kutib o‘tirganlar, rostini aytaman,
undan bunday mehribonchilikni kutmagandim. Kamiga biz chiqqan damasda unga joy
yetmay qoldi, o‘rindiqlari olib tashlangan, orqada tik turib keldi. Mehribonchiligidan xursand bo‘lganimdan yo‘l
kirasini to‘lavordim.)))) To‘ydan keyin Dostonbek Jo‘rayevni xonadonida
tunadik. Dostonbekni onalari juda
samimiy, mehribon ayol ekanlar, Doston
ham onalarini xuddi o‘zi. To‘yni tugatib Abrorbek ham safimizga qo‘shildi. Samarqanddagi
uchrashuvdan keyin mafiya o‘yini boshqa
o‘ynashga sharoit bo‘lmagan edi, mazza qilib mafiya o‘ynadik. Bu
uchrashuvda Shukrullo aka Olimov va
Dostonbek bilan tanishganmiz.
2015-yil 8-dekabr. Toshkent. Crystal kafesi.
Konstitutsiya bayrami + Yangi yil. Ko‘pchilik talabiga ko‘ra yangi yil uchrashuvimiz biroz
vaqtliroq bo‘lib o‘tdi. Toshkuch
kafesida yig‘ilib u yerda Zakovat o‘yinlarini o‘ynadik, svoya igra, qariyalar,
arosatlar, yoshlar jamoalariga bo‘linib
brein ring o‘yini o‘tkazildi. Yoshlar jamoasi (1990-yildan keyin
tug‘ilganlar) hammasidan kuchli ekanligi isbotladi.))))) Kubok kimga berildi, kim olib ketdi bilolmay qoldim.
Toshkuchdan
keyin
Crystal
kafesida,
bayram
dasturxoni
atrofida
uyin-kulgu bilan ajoyib
o‘tgan o‘tirish
“Galaxy
bouling”da nihoyasiga yetdi. Kun davomida mazza qilib hordiq chiqardik. Do‘stlar
diydoridan
vaqtimiz
mazmunli
o‘tdi
2015-yil 16-dekabr. Sirdaryo viloyati. Farida
Sobirovnani to‘yi.
Guruhimiz go‘zallaridan birinchi bo‘lib Farida opani
uzatdik. Qiz bazmiga taklif qilgandilar,
ko‘plashib bordik. Uchta to‘y, beshta uchrashuv bo‘lgan bo‘lsa-da, hech qaysida Farida opani
to‘yidaka mazza qilmagandik))). To‘ydan keyin ularni amakilarini uyiga yo‘l
oldik. Mehmondo‘st sirdaryoliklar uyini to‘ridan joy berib kutib olishdi. Farida opani kursdoshlaridan, kuyov tarafdan kelgan mehmonlardan ortib biz
bilan o‘tirgani kelganlaridan xursand bo‘ldik.
Sezganingizdek yana savol-javob, mafiya
o‘ynadik. Farida opani to‘yidan keyin yangi o‘yin paydo bo‘ldi. Hamma
bir-biriga salbiy-ijobiy hislatlarini aytib ichidagilarni egasiga yetkazib
olish imkoniyati berildi-yu, hammani dardi dilidan tiliga ko‘chdi. Kim kimga
choynak otgan, kimdir sanchqi, yana kimdir nasihat qildi. Xullas, bu o‘yinni
ham an’anaga aylantirdik.
2016-yil 2-yanvar. Farg‘ona viloyati. Farruh
Yoqubjonovning to‘yi.
To‘ylar to‘yga
ulanib, “qaydasan Farg‘ona?” deya, dovon osha to‘yga bordik. Chiroyli
to‘yxonada, turli noz-ne’matlar to‘la dasturxonda aziz mehmonlar deya kutib olishdi. Vodiyning
mehmondo‘st xalqi “oling, oling”
derkan-u stolga likobcha qo‘ymas ekan.
To‘ydan keyin, choyxonadan Farruh akani sinfdoshlarini haydab
chiqarib, tunni choyxonada o‘tkazdik. Yana odatdagi o‘yinlar o‘ynaldi. Akmal aka,
Hayot akani mehmondorchiligidan boshimiz osmonga yetib ertalabgacha uxlamay
suhbat qurdik (uxlashga sharoit ham yo‘q
edi.) Bu uchrashuvda Gulandom opa bilan tanishdik, ajoyib ayol ekanlar-u lekin qaytishda
taksida hech gapimiz qovushmadi. Ba’zan
yoshi kattalar yoshlarni hatti-xarakatini tushunmaydi, ularni gap-so‘zlarini yoqtirmaydi. Fursatdan
foydalanib Gulandom opadan uzr so‘rayman. Guruhni keyingi uchrashuvlariga ham
kelib tursangiz bizga moslashib qolarsiz!!!
Комментариев нет:
Отправить комментарий