"Kamolot" YIH tomonidan o'tkazilgan "Yosh reportyorlar" media-treningida bloger sifatida taklif etildim!
(Taklif uchun Xushnud Xudoyberdiyevga katta rahmat!) Borgan kunimiz kechasi 1 gacha uxlamasdan "majlis" qilganimiz uchun kelganimga biroz xafa bo'lgandim. Chunki tanimagan odamlar bilan "til" topishishim qiyinroq! Ikkinchi kundan esa qadrdon bo'lib ketdik, kunimiz , vaqtimiz o'tgani sezilmadi .
Oromgoh! Qulay sharoitlar yaratilgan, ozoda , zamonaviy ko'rinishdagi "Kamolot yoshlar oromgohi " Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida joylashgan! Go'zal tabiat, ulug'vor tog'lar orasida qad ko'targan bu so'lim go'sha menga juda yoqdi. Hamma oromgohlar ham shunday-ku, nimasi yoqdi ?- dersiz. ATIRGULLARI...
Oromgoh hovlisi qip-qizil atirgullar bilan yonib turibdi. Hovli gullariga qizishim sababmi e'tiborimni faqat shu atirgullar tortdi. Katta -katta qip-qizil gullarni ko'rib, ko'zingiz quvnaydi, bu go'zallikdan ketgingiz kelmaydi.
Atrof viqorli tog'lar bilan o'ralgan yam-yashil tabiat qo'ynida har bir ijodkor qo'liga qalam olib qog'oz qoralaydi, ko'nglida tog'lardanda yuksak marralarni ko'zlagan orzu-istaklar paydo bo'ladi. Meni nazarimda "Yosh repotyorlar" loyihasini bunday tabiat qo'ynida o'tkazilishidan maqsad ham ana shunda: yosh ijodkorlarga yanada ilhom baxsh etish, ularni qalbini go'zallik bilan oshufta qilgan holda, yuksaklikni ko'zlashga undash.

Oromgohga borgan kunimizdan boshlab tajribali jurnalistlar tomonidan yosh reportyorlarga darslar o'tila boshladi . Xalqimiz tanigan siyosiy sharhlovchi jurnalist Quddus A'zamov, aktyor, jurnalist va huquqshunos Otabek Mahkamov, bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev tomonidan o'tkazilgan ma'ruzalar barcha yoshlarga ma'qul keldi deb ayta olaman ! Bu treningda o'zim uchun juda ko'p bilimlarga ega bo'ldim. Masalan : Blogerlar uchun Xushnud Xudayberdiyev yaratgan O'N BIR qoida! Blog yuritish, qiziqarli, hammani e'tiborini torta oladigan ma'lumotlarni qanday taqdim etish haqida juda kerakli tushunchalarni aytib o'tdilar! Yana bir narsani faxr bilan aytish mumkin deyarli barcha ishtirokchilar blog ochishni maqsad qilib olishdi . Bu albatta, safimizni yanada kengaytiradi. Media-treningning uchinchi kuni esda qolarli voqealarga boy bo'ldi. Opera ijrochilari tashrifi , gulxan atrofidagi raqs har bir ishtirokchi xotirasiga bir umrga muhrlandi!
17- iyun - media-trening oxirgi kuni! Har bir guruh o'z takliflarini hakamlarga taqdim etganlaridan keyin , tanqidiy va ijobiy munosabatlarni ham eshitib olishdi. Qizg'in baxs va munozaralarga boy bo'lgan 4 kunlik media - trenning "Taqdirlash ma'rosimi"dan keyin o'z nihoyasiga yetdi. Tashrif buyurgan har bir ishtirokchi , trenirlar, blogerlar "Kamolot" YIH tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandi .

Комментариев нет:
Отправить комментарий